Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining erkakning 13 yoshli qo‘shnisi bilan jinsiy aloqa qilish niyatini ma’muriy huquqbuzarlik deb topgan qarorlariga protest kiritdi. Erkak sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgandi.
Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.
O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.
Agar tergov va sudyalar bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni jinsiy zo‘ravonlik ko‘rinishidagi ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblasa, jinoyatni sodir etgan shaxslar jinoiy jazodan qutulib qolishi mumkin, deb yozdi Nemolchi.uz. Faollar Bosh prokuraturadan holatga aralashishni so‘ramoqda.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.
Sirdaryo viloyatidagi 27-maktabda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘llariga igna sanchdi va hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermadi. Qizning otasi bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lganini aytdi. Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganmoqda.
Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi.
Chilonzordagi maktabda sinov muddatidagi rus tili o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘radi. Ular, shuningdek, o‘qituvchiga nisbatan “chora ko‘rishga” chaqirgan. Avvalroq IIB holat bo‘yicha surishtiruv ketayotgani haqida xabar bergandi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bog‘cha tarbiyachisi beodoblik qilgan bolani “tarbiyalash maqsadida” chizg‘ich bilan urgani aniqlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.
Qarshi shahrida 21 yoshli erkak hojatini kiyimiga chiqargani uchun turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloq qizni urib o‘ldirib qo‘ydi. U shifokorlarga bola aravachadan yiqilib tushganini aytdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 6-sinfdagi singlisiga sevishini aytgani uchun 15 yoshli bolani “samosud” qilgan erkak 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltaklab, haqorat qilgandi. U MJTKning 2 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, BHM 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. Bu kabi jinoyatlar uchun jazo yumshatilmaydi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting